Категории раздела
Фильмы
Зарубежное кино
Ужасы
Сериалы
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 22
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Ota

Qiz hamisha otasi bilan faxrlanib yuradi. Chunki ota bolalarini ham, ayolini ham jonidan ortiq ko'radi. Bu oilaga ko'plar havas qiladi.

Bugun u erta tongdan omborni tartibga keltirishga kirishdi. Bu erda eski-tuskilar, bir zamonlar ishlatilib, hozir keraksiz bo'lib qolgan buyumlar qalashib yotardi. Shu payt charm jildi chang bosib ketgan eski kundalikni topib oldi. Otasiniki ekan. Varaqlashga kirishdi. Bir sahifadagi bitiklar e'tiborini tortdi. Xat onasiga yozilgandi: “Men bir gunohkor odamman, qing'ir yo'llarga ham yurganman. Hammasini tan olaman. Lekin menga ishon, hali dunyo yuzini ko'rmagan ma'sum go'dagimiz hurmati o'nglanaman. Dunyodagi eng yaxshi ota bo'laman...” Qiz bitik sanasiga qaradi, bu yozuvlar u tug'ilishidan bir oy oldin qog'ozga tushgan ekan.

Qiz qat'iy ishonch bilan shivirladi: “Dada, siz haqiqatan ham dunyodagi eng yaxshi dadasiz!”

| Теги: txt
Категория: VSE | Дата: 24.05.2017 | Просмотров: 454 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: