Категории раздела
Фильмы
Зарубежное кино
Ужасы
Сериалы
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 22
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Bir tup o'rik

Bir tup o‘rik
Yakka o‘sgan ekan:
Yolg‘iz tomoqmasmi rosa unibdi.

Bodroq-bodroq bo‘lib gullaganda
Ko‘lankasi bilan do‘st tutinibdi.

Soya o‘ngga-yu, dam chapga o‘tib,
Dam cho‘zilib yotib,
Dam bo‘lib tikka:
–Mendan ham sodiqroq do‘st topolmaysan,
Sensiz men ham yo‘qman,–derkan o‘rikka...

Bir kun qarasa –
Soya yo‘q emish.

(Bulut kuni uni izlash kulgili)
Yomg‘ir ham quyibdi – do‘sti hamon yo‘q...
Yerga yakson bo‘pti o‘rikning guli.

Eh, o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi?
Laqqa tushibsanda lof ursa.
Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda
Yoningda tursa...

Asqad Muxtor

| Теги: txt
Категория: VSE | Дата: 24.05.2017 | Просмотров: 1013 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: